Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 25-Samonchuq saylov okrugidan saylangan deputat B. Dilliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Samonchuq mahallasining Gulobod qishlog‘ida aholini tashvishga solayotgan muammolardan biri — yaroqsiz holatga kelib qolgan simyog‘ochlar holati joyiga chiqib o‘rganildi.
👉O‘rganish davomida ayrim elektr tarmoqlari ustunlarining eskirib, foydalanish uchun xavfli holatga kelib qolgani, bu esa aholi xavfsizligi va elektr ta’minotining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi.
👉Mas’ullar bilan birgalikda mavjud muammoni bartaraf etish, yaroqsiz simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish hamda elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
👉Deputat B. Dilliyev fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan bunday muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
👉Kelgusida mazkur masala mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olinib, Gulobod qishlog‘idagi elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

Slide 1 of 4