Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Bog‘iston” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

#24_ta_tavsiya #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #deputat_okrugida
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

“Bog‘iston” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 17-Bog‘iston saylov okrugidan saylangan deputat U.Xo‘shboqov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan deputatning saylov okrugi hududidagi “Bog‘iston” mahallasida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan 4-yo‘nalish — hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishilib, aholining bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “Bog‘iston” ko‘chasida yashovchi, Ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqaroga 4 mln 200 ming so‘m miqdorida ssuda mablag‘i hisobidan tikuv mashinasi berilgani va undan foydalanib, o‘zini o‘zi band qilish hamda daromad topish faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hokim yordamchisi bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish yakunida amalga oshirilgan ishlar holati ijobiy baholanib, fuqaroni kelgusida qo‘llab-quvvatlash va daromadini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2