Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbus: e’tiborga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlandi

Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Chilonzor tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish va muammolarini o‘rganishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich “Kichik Xirmontepa” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Tadbirning amaliy qismida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Oybek Tuganbekov, mahalla raisi va faollari bilan birgalikda mahallada istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashriflar davomida fuqarolarning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganildi.
Deputat Oybek Tuganbekovning saylovchilar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganishi deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bunday ezgu tashabbuslar, ayniqsa, bayram arafasida e’tibor va ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga dalda bo‘lish hamda mahallalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3