Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Yangi maktab qurilishi bilan tanishildi

Yangi maktab qurilishi bilan tanishildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 12-Soliobod saylov okrugi deputati Z. Achildiyev hamda tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov bilan birgalikda Soliobod mahallasida amalga oshirilayotgan yangi umumta’lim maktabi qurilishi ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida Soliobod mahallasidagi 6-sonli maktabning 120 o‘rinli eski, ta’mirtalab o‘quv binosi o‘rnida zamonaviy talablar asosida 660 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etilayotgani bilan tanishildi. Qurilish ishlari sifati, belgilangan loyiha asosida olib borilayotgan jarayon hamda obyektning foydalanishga topshirilish muddatlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, yangi maktab foydalanishga topshirilgach, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratilishi, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda hududdagi maktablarga bo‘lgan ehtiyojni qoplashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Qurilish ishlarining borishi deputatlik nazorati doirasida muntazam monitoring qilib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4