Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi muammolar o‘rganildi

Fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov saylangan hududga, tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva, Qahramon MFY raisi hamda tuman hokimligi vakillari ishtirokida Qahramon mahallasi hududida sayyor o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla ko‘chalarida yurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi hamda ularni qiynayotgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi. Hududdagi infratuzilma obyektlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan monitoring davom ettirilishi qayd etildi.

Mazkur o‘rganishlar jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2022-yil 7-oktabrda ma’qullangan) mazmun-mohiyati ham fuqarolarga tushuntirildi. Xususan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning ahamiyati, mulk huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish tartibi hamda ushbu yo‘nalishdagi fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4