Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Hududdagi muammolar joyida o‘rganildi

Hududdagi muammolar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev topshirig‘iga asosan tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov hamda Istiqlol MFY raisi ishtirokida mahalla hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning ichki ko‘chalari ko‘zdan kechirilib, mavjud infratuzilma bilan bog‘liq muammolar tahlil qilindi. Xususan, ichki yo‘llarning ta’mirtalab holatga kelgani va ularni asfaltlashtirish zarurligi mahalla aholisi tomonidan bildirilgan asosiy murojaatlardan biri ekani qayd etildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida murojaatlar kiritish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish va fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishi deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2