Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev hamda Kengash mutaxassisi K. Abdullayeva Uchqizil MFY raisi bilan birgalikda hududdagi muammoli masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Jumladan, Obod ko‘chasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Uchrashuv davomida aholining maishiy gaz ballonlari ta’minoti va ijtimoiy xizmatlar sifati bilan bog‘liq qator muammolari ko‘tarildi.

Xususan, fuqarolar tomonidan maishiy gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, ayrim gaz ballonlarining ventillari (jo‘mrak qismi) eskirgani va texnik jihatdan yaroqsiz holga kelgani, shuningdek, ayrim hollarda gaz ballonlari belgilangan me’yordan kam miqdorda gaz bilan yetkazib berilayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Kengash raisi, deputat hamda Kengash mutaxassisi tomonidan bildirilgan murojaatlar qayd etilib, mazkur masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda murojaatlarda ko‘rsatilgan holatlar joyida o‘rganilib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3