Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?

Ko‘pchilik fuqarolarimiz barcha deputatlarning vazifasini bir xil deb o‘ylashadi. Aslida esa ularning vakolat doirasi va ish yo‘nalishi farq qiladi:

🏛 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:
·         Respublika miqyosida ishlaydi;
·         Butun mamlakat uchun amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
·         Davlat byudjetini tasdiqlaydi va ijrosini nazorat qiladi.

🏡 Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati:
·         Bevosita siz yashayotgan hudud (tuman/shahar) miqyosida ishlaydi;
·         Joylardagi muammolarni (yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, maktab, bog‘cha va h.k.) o‘rganadi va ularni hal etish choralarini ko‘radi;
·         Hududiy byudjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini hamda mahalliy tashkilot va idoralar rahbarlarining faoliyatini nazorat qiladi.

🎯 Maqsad: Oliy Majlis deputati — butun mamlakat uchun huquqiy asoslar (qonunlar)ni yaratadi, mahalliy Kengash deputati esa ushbu qonunlar va davlat dasturlarining aynan sizning mahallangizda qanday ijro etilayotganini nazorat qiladi.

⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni.