Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
23-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari deputatlik nazoratida
Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan shahardagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri 23-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari, deputat A.Mustafakulov, kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’mirlash ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur maktabni ta’mirlash ishlari uchun mablag‘lar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 17-avgustdagi VII-24-74-8-121-K/26-sonli qarori asosida ajratilgan.

Nazorat-tahlil jarayonida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, maktabni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash hamda ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.
Slide 1 of 5