Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimov hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Urganjibog‘” MFY xotin-qizlar faoli R.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

O‘rganish natijasida mahallada 2 103 nafar xotin-qiz istiqomat qilishi, shundan 1 600 nafari mehnatga layoqatli, 41 nafari I–II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar doirasida:
1 nafar ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan;
41 nafar xotin-qizning ijtimoiy holati o‘rganilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
1 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi berilgan;
uzoq muddatga xorijga ketgan 1 nafar xotinni migratsiyadan qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, muammoli oilalar bilan individual ishlash hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2