Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#24_ta_masala 📍 Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 25-Ishtixon saylov okrugidan saylangan deputati Y.Hasanov hamda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 14-Bahrin saylov okrugidan saylangan deputati U.Nurmuxamedov tomonidan Ishtixon mahallasida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masala o‘rganildi.

O‘rganish davomida Furqat, Ibn Sino, Alisher Navoiy hamda Sadriddin Ayniy ko‘chalaridagi elektr tarmoqlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur ko‘chalarda 1990-yillarda o‘rnatilgan 100 ga yaqin yog‘och elektr ustunlari bugungi kunga qadar foydalanib kelinayotgani, ularning aksariyati yaroqlilik muddatini o‘tab, texnik holati talab darajasida emasligi aniqlandi.

Mavjud holat aholi xonadonlarining elektr ta’minoti barqarorligi va xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkinligi inobatga olinib, eskirgan yog‘och tayanchlarni bosqichma-bosqich yangi temir-beton tayanchlarga almashtirish hamda elektr tarmoqlarini yangilash zarurligi qayd etildi.

🤝 Aholini barqaror va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, eskirgan infratuzilmani yangilash hamda mavjud muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 3