Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi tayorlangan savolnomaga asosan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oilaviy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yil davomida tumanda 714 ta oilaviy tadbirkorlik subyekti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida esa ushbu ko‘rsatkichga yana 174 ta oilaviy tadbirkorlik subyekti qo‘shilgan. Bu ko‘rsatkichlar aholi o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikka qiziqish ortib borayotganini, o‘zini o‘zi band qilish, oilaviy mehnat imkoniyatlaridan samarali foydalanish va yangi daromad manbalarini yaratishga intilish kuchayganini ko‘rsatadi.

O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalanish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes g‘oyalarni amalga oshirish va yaratilgan ish o‘rinlarini saqlab qolish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

🔺Shu bilan birga, oilaviy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini doimiy monitoring qilib borish, ular duch kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4