Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Maktablarga olib boruvchi ko‘chalarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanning “Bo‘ston” mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabi hamda “Markaziy” mahallasidagi 2-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi ko‘chalarda piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mazkur ko‘chalarning mavjud holati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘l chetlarining obodonlashtirilganlik darajasi hamda o‘quvchilarning maktabga qatnashida yuzaga kelayotgan noqulayliklar ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, ertalab va darslar tugagan vaqtda o‘quvchilar harakati keskin ko‘payishi, ayrim hududlarda piyodalar uchun maxsus yo‘laklar mavjud emasligi yoki mavjud yo‘laklarning talab darajasida emasligi yo‘l harakati xavfsizligi nuqtai nazaridan dolzarb masala ekani ta’kidlandi.

🔻Deputatlar tomonidan maktablarga olib boruvchi asosiy yo‘nalishlarda piyodalar yo‘laklarini barpo etish, ularni zamonaviy talablar asosida jihozlash, zarur joylarda yo‘l belgilari va piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, piyodalar yo‘laklarini qurishda maktab o‘quvchilarining xavfsizligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa fuqarolar uchun qulaylik yaratish, yo‘laklarning uzluksizligini ta’minlash hamda ularni tungi vaqtda yoritish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

🔻O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida piyodalar yo‘laklarini qurish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha tuman hokimligi mas’ullariga murojaat qilinishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5