Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#kotibiyat_mudiri
#kotibiyat_xodimi
#24_ta_masala
#Kengash_Qarori_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Kengashning VII-23-49-8-211-K/26-sonli qarori ijrosi va Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarorlarining ijro intizomini mustahkamlash, ularda belgilangan ustuvor vazifalarni amaliyotga to‘g‘ri va samarali tatbiq etish borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A. Pardayev tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-23-49-8-211-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I. Mamasolayevaning ish faoliyati nazorat-tahlil tartibida atroflicha o‘rganildi.

Monitoring jarayonida qarorda belgilangan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy faolligini oshirish, "Ayollar daftari" orqali manzilli ko‘mak ko‘rsatish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, himoya orderlari berish hamda tumandagi 22 ta mahalla xotin-qizlar faollari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan bo‘lim mas’ullariga tegishli uslubiy ko‘rsatmalar berilib, Kengash qarorining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3