Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilish kun tartibidan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining ikki yillik tahlili, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalalari o‘rin oldi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari S.Hamrayevning hisoboti eshitildi.
Hisobot davomida yoshlarga oid davlat siyosatini hududda samarali amalga oshirish, yoshlarning ta’lim olishi va kelajakdagi bandligini ta’minlash, bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
📌 Yoshlar siyosati, ta’lim va ijtimoiy soha — doimiy deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 2