Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
ISTIQBOLLI LOYIHALARNING AMALGA OSHIRILISHI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Kotibiyat mudiri Iftixorjon Jo‘raev Abdumuxtorovich hamda Elchieva Nafisaxon Tohirovna “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari bilan birgalikda Furqat tumani Istiqlol MFY hududida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

O‘rganish ishlari tegishli ishchi guruh va mas’ul mutasaddilar ishtirokida maxsus savolnoma asosida, har bir yo‘nalish bo‘yicha savolma-savol tahlil qilish tartibida olib borildi.

Jarayonda, avvalo, loyihalarning belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq amalga oshirilayotgani, qurilish-montaj ishlarining sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallarining talablarga javob berishi, ishlarning belgilangan grafik asosida bajarilishi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ob’ektlar foydalanishga topshirilganidan keyin aholi va hudud uchun qanday amaliy samara berishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, loyihalarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan uzviy bog‘liqligi, suv, kanalizatsiya va boshqa infratuzilma ob’ektlarining holati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — loyihalarning qog‘ozdagi ko‘rsatkichlarini emas, balki ularning joyidagi haqiqiy holati, bajarilayotgan ishlar sifati va aholi uchun kutilayotgan natijadorligini baholashdan iborat bo‘ldi.

Slide 1 of 1