Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#24_ta_masala 🏘 QORAG‘UPPA MAHALLASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAKLIFLAR BILDIRILDI

#24_ta_masala 🏘 QORAG‘UPPA MAHALLASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAKLIFLAR BILDIRILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Turdiyev tuman hokimi o‘rinbosari T.Qosimov bilan birgalikda Qorag‘uppa mahallasida bo‘lib, hududni obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Uchrashuvda mahalla faollari, tadbirkorlar va aholi vakillari ishtirok etib, hududdagi mavjud imkoniyatlar, bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.
✅ Yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini yo‘lga qo‘yish;
✅ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish;
✅ Mahalliy mahsulotlarni qayta ishlash hamda ichki bozorga chiqarish;
✅ Fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Agrobank mas’ul xodimi tomonidan tadbirkorlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa moliyaviy ko‘mak imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Deputat X.Turdiyev tomonidan mahallada yoshlar siyosatini yanada mustahkamlash, yoshlar bandligini ta’minlash va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Kelgusida Qorag‘uppa mahallasini tayanch va rivojlangan mahalla darajasiga olib chiqish, tadbirkorlik subyektlari sonini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
📌 Tadbirkorlik rivojlansa — mahalla rivojlanadi, aholi farovonligi oshadi!

Slide 1 of 2