Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🏛 Kengash raisi sessiya kun tartibidagi masalani saylov okrugida o‘rgandi

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugi deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich, Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirokida Tuproqqal’a mahallasidagi ariqlarni betonlashtirish uchun budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi hamda amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida sessiya kun tartibiga kiritilgan mazkur masala doirasida ajratilgan mablag‘larning ijrosi, bajarilgan ishlarning amaldagi holati va hudud aholisiga yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
💧 Ariqlarni betonlashtirish orqali sug‘orish tarmoqlarining samaradorligini oshirish, suv isrofini kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini barqaror sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Kengash raisi tomonidan ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan loyihaning amaliy natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Mazkur o‘rganish sessiya kun tartibidagi masalaning joyiga chiqqan holda tahlil qilinishi va uning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5