Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
OG‘ZAKI MUROJAAT HAM E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

#muammoga_yechimlar #Deputatlik_nazorati

OG‘ZAKI MUROJAAT HAM E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

🗣 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "10-Oqmachit" saylov okrugi deputati Abdullayev Farhod Ravshanovichga Oqmachit mahallasi, Chevar ko‘chasi, 36-uy fuqarolari tomonidan og‘zaki murojaat qilindi.

🕯 Murojaatda uy yaqinidagi elektr simyog‘ochi atrofida o‘sib ketgan tut daraxti shoxlari xavf tug‘dirayotgani, turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida daraxtni butash zarurligi bildirilgan.

⚡ Deputat tomonidan murojaat mas’ul tashkilotlarga yetkazilib, Uchtepa tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Daraxt shoxlari tartibga keltirilib, hududdagi xavfsizlik ta’minlandi.

📈 Bu kabi amaliy ishlar deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — fuqarolar murojaatini eshitish, muammoni mas’ullarga yetkazish va uning ijrosini ta’minlash tamoyiliga asoslanadi.

📁 Shuningdek, mazkur yondashuv “mahalla yettiligi – tuman Kengashi – Senat” hamkorlik tizimi doirasida aholi muammolarini joyida aniqlash va bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan vazifalarga hamohangdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmonida aholi muammolarini hal etishni ushbu tamoyil asosida kuchaytirish belgilangan.

📈 Yozma yoki og‘zaki bo‘lishidan qat’i nazar, har bir murojaat — e’tibor va amaliy natija uchun asosdir.

Slide 1 of 4