Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
QAROR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining VII-28-39-9-127-K/26-sonli Sardoba tumanida ijtimoiy reyestrdagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda tuman deputati J.Umarovlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Quyitosh mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Bektemirov Ashir Uralovich xonadonida qaror asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar holati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida xonadonni ta’mirlash va energiya samaradorligini oshirish ishlarida aniqlangan muammo va kamchiliklar tegishli tartibda saylov okrugidagi muammolarni ro'yxatga olish deputat kitobiga qayd etildi.
Aniqlangan masalalarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, qaror ijrosining to‘liq va sifatli ta’minlanishi, aniqlangan muammolarning bartaraf etilishi hamda xonadonda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining yakuniga yetkazilishi deputatlik nazoratiga olindi.
O‘rganish natijasi bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, qaror ijrosi ustidan nazoratni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 4