Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri hamda viloyat Kengashi deputatlari A. Abduraxmanov va M. Kenjayevalarning Sardoba tumaniga amalga oshirgan tashrifi davomida 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktabning moddiy-texnik bazasi, hududi, o‘quv xonalari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda, jiddiy muammo ham aniqlandi.
Xususan, maktab hududida yangidan qurilgan hojatxonaning avariya holatiga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat o‘quvchilar xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablari hamda ta’lim muassasasida munosib sharoitlarni ta’minlash nuqtayi nazaridan zudlik bilan choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Aniqlangan muammo viloyat deputatlari tomonidan “Deputat daftari”ga qayd etilib, uni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlarni belgilash hamda mavjud muammoning yechimini 2 oy muddatda ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Shuningdek, tashrif davomida Yurtdosh mahallasida aholi tomorqalarini sug‘orish masalasi ham joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur yo‘nalishda mavjud muammolar, sug‘orish tizimining holati hamda aholi ehtiyojlari tahlil qilindi.
Mas’ullarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish, obyektlarning texnik holatini chuqur o‘rganish, zarur choralarni ko‘rish hamda aholi va o‘quvchilar uchun xavfsiz, qulay va sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi
Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi. Muhimi, muammoga mas’ul belgilanib, uning aniq muddati va amaliy yechimi ta’minlanishidir.
Har bir maktabda xavfsiz va munosib sharoit — har bir bola uchun sifatli ta’lim olishning muhim garovidir.

Slide 1 of 3