Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
BAHOR” MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏘 “BAHOR” MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullaevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 14-“Ziyokor” saylov okrugiga qarashli “Bahor” mahallasida profilaktika inspektorining xizmat faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida hududda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish holatiga e’tibor qaratildi.

⚖️ Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshiriladi.

📌 Qonunda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim vazifalar sifatida belgilangan.

🤝 Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla faollari, yoshlar, xotin-qizlar va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorligi, muammoli oilalar bilan ishlashi hamda profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borayotgan ishlari ko‘rib chiqildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va mahallada osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🕊 Qonun ustuvorligi — tinchlik va osoyishtalik
garovi!

Slide 1 of 1