Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 DEPUTATLIK NAZORATI: 43-MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan o‘z saylov okrugiga kiruvchi Boyqishloq mahallasidagi 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabdagi sinfxonalar, mavjud sharoitlar, sport infratuzilmasi, tibbiyot xonasi hamda maktab hovlisining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

🌿 Shuningdek, maktab hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish holati ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🤝 Maktab rahbariyati bilan suhbat davomida yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quvchilar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

🎯 Asosiy maqsad — yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda ta’lim muassasasida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish.

🏫 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar va yangi marralar sari qadam! 📚✨

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5