Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosini hududda ta’minlanish holatini o'rganish, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugidagi 128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari va boshqa mavjud infratuzilmaning holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabning pedagogik jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim jarayoni, o‘qituvchilar faoliyati va ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Pedagoglarning fikr-mulohazalari tinglandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktab faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari deputatlik nazoratini amalga oshirish, ta’lim sohasidagi qonunchilik talablarining ijrosini o‘rganish hamda saylov okrugi hududidagi ta’lim muassasasida ta’lim sifati va shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 2