Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌿 DEPUTATLAR VA MAHALLA HAMKORLIGI — OBODLIK VA BUNYODKORLIKKA XIZMAT QILMOQDA!

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda G‘ambur mahallasi raisi, tuman Kengashi deputati S. To‘rayeva hamkorligida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.
 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish maqsadida mahalla hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🌱 Tashrif davomida mahalladagi ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarining tozaligi, hududni obodonlashtirish hamda uning ko‘rkini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Deputat va mahalla mas’ullarining hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar jarayonida hududni yanada obod qilish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda fuqarolarni bunyodkorlik ishlariga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✨ Shuningdek, obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki va tashabbuskorligi muhim ekani ta’kidlandi.

🎯 Asosiy maqsad — mahallada obod va fayzli muhit yaratish, aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash hamda hamjihatlik asosida ezgu ishlarni amalga oshirish.

🏘 Hamkorlik bor joyda — bunyodkorlik, obodlik va yaxshi natija bor!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4