Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mergan mahallasida bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari olib borilmoqda

 Hududdagi mavjud muammolarni chuqur o‘rganish, ularni bosqichma-bosqich hal etish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mahallaning obodonlashtirish, yo‘l va ichki infratuzilma, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy muhitini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, avvalo, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Hududdagi o‘zgarishlar mahalla ahli tomonidan ham mamnuniyat bilan kutib olinib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan fikr va takliflar bildirilmoqda. Shu bilan birga aholi o‘rtasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarni obod qilish, mahallalarni rivojlantirish va fuqarolarning farovonligini oshirishga qaratilgan yangilanishlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olinmoqda. Ayniqsa, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini ta’minlash, bandlikni oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi faolligini kuchaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. 

“Mergan” mahallasida olib borilayotgan bu kabi amaliy ishlar hududni bosqichma-bosqich obod va farovon maskanga aylantirish, aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda “Yangi O‘zbekiston”ning yangilangan qiyofasini mahallalarda namoyon etishda muhim
ahamiyatga egadir.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2