Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan “Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali 2026-yil 2-mavsumida fuqarolar tomonidan qoldirilgan loyihalarni o‘rganish, baholash, tanlab olish va ijrosini monitoring qilish, shuningdek, Chilonzor tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining II chorak yakunlari hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish masalalari o‘rin oldi.
Muhokamalar davomida, ayniqsa, ijtimoiy yo‘nalishlarga oid xarajatlar alohida e’tibor va ko‘plab savollarga sabab bo‘ldi. Deputatlar mablag‘larning qaysi yo‘nalishlarga va qanday mezonlar asosida sarflanayotgani, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligi hamda aholining real ehtiyojlariga qanchalik mos kelayotganini tanqidiy ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, ayrim xarajatlarning zarurati va ustuvorligi yuzasidan mas’ullarga aniq savollar berilib, budjet mablag‘laridan foydalanishda shaffoflik, manzillilik va natijadorlikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar belgilandi.

Slide 1 of 6