Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHINING 24-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Sessiya kun tartibidan tumanda aholi farovonligi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim masalalar o‘rin oldi.

✔️Jumladan, sessiyada:
🔹 aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida 2026-yil II choragida amalga oshirilgan ishlar;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil II choragida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;
🔹 tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha Yunusobod tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar;
🔹 Yunusobod tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining II chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
🔹 tuman mahalliy budjetining 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi, shuningdek, daromadlar bazasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar;
🔹 mahalliy budjetning 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish;
🔹 tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish;
🔹 ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha Kengashning avvalgi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
🔹 O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ–1153-son Qonunining Yunusobod tumanida ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

📝Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarning axborotlari eshitilib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

🔠Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

📌Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi faoliyatining asosiy maqsadi — hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi murojaatlarini manzilli hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlashdan iborat.
Slide 1 of 6