Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Fuqarolar murojaatlari xalq vakillari nazoratiga olindi

Bugungi kunda mahalliy Kengash deputatlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yishi, saylovchilar bilan muntazam uchrashib, ularning muammolarini joyida o‘rganishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday uchrashuvlar fuqarolarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda deputat va saylovchi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovichning “Kichik Xirmontepa” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi mazmunli va amaliy ruhda o‘tkazildi. Unda mahalla raisi, mahalla yettiligi a’zolari, nuroniylar va faol fuqarolar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi. Jumladan, ayrim avtomobil yuvish shaxobchalari tomonidan piyodalar uchun mo‘ljallangan yo'laklarning to‘sib qo‘yilayotgani, buning natijasida aholiga noqulaylik tug‘ilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, mahalla hududida o‘tkazilayotgan motopoygalar yuzasidan ham fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.

Ko‘tarilgan har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashilib, murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Dolzarb va tizimli tusga ega masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari chiqarilishi rejalashtirildi.

Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda deputat va saylovchi o‘rtasidagi ishonchli muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3