Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “IFTIXOR” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

“Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Yunusobod tumanidagi “Iftixor” mahallasida hududning obodonlik, sanitariya va infratuzilma holati o‘rganildi.

👉O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova Iqbolxon, shahar Kengashi deputatlari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdi.

🌿Tashrif davomida ichki ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofi, yashil hududlar va jamoat joylarining holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🤝Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishilib, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash hamda mahalladagi ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish yuzasidan fikr almashildi.

🗣O‘rganish davomida mahalla aholisi va nuroniylar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor va manzilli hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6