Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🧵 AYOLLAR BANDLIGI — OILALAR FAROVONLIGI
🧵 AYOLLAR BANDLIGI — OILALAR FAROVONLIGI

14-“Ziyokor” saylov okrugida

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna 14-“Ziyokor” saylov okrugida o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv davomida kasanachilik bilan shug‘ullanib, sumka tikish orqali daromad topayotgan ayollarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🧵 Ayollar bilan suhbat davomida ularning faoliyati, mavjud imkoniyatlari va kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, tikuvchilik yo‘nalishida ishlab chiqarishni kengaytirish, daromadni oshirish va yangi imkoniyatlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarorida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.

🌿 Bugun o‘z mehnati bilan daromad topayotgan ayol — ertangi farovon oilaning tayanchi.
Ayollar bandligini ta’minlash, ularning mehnatini qo‘llab-quvvatlash va munosib daromad topishi uchun sharoit yaratish borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Xalq vakili — aholi manfaatlari bilan birga!

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 4