Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputat ayollar bilan uchrashib, qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi

Deputat ayollar bilan uchrashib, qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ruziyeva tomonidan saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma’qullangan.

Suhbat jarayonida qonunning asosiy maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun barcha sohalarda teng huquq hamda teng imkoniyatlarni ta’minlash, jins bo‘yicha kamsitishning oldini olish, davlat va jamiyat boshqaruvida, mehnat, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda boshqa sohalarda teng ishtirok etish uchun huquqiy kafolatlarni yaratishdan iborat ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunda belgilangan huquq va kafolatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Slide 1 of 5