Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

#huquqiy_axborot_soati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

🌱 “Urugʻchilik toʻgʻrisida”

📅 Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 8-noyabrda qabul qilingan.

📅 Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan.

Qishloq xoʻjaligida yuqori hosildorlikka erishish, sifatli urugʻlik materiallarini yetishtirish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
Mazkur Qonun urugʻchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, seleksiya yutuqlaridan samarali foydalanish, sifatli urugʻlik yetishtirish va muomalaga chiqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunning asosiy maqsadlari:

🌾 urugʻchilik tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish;
✅ qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav tozaligi va urugʻlik sifatini taʼminlash;
✅ sertifikatlangan va yuqori sifatli urugʻlikdan foydalanishni kengaytirish;
✅ urugʻlikni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish hamda realizatsiya qilish tartiblarini takomillashtirish;
✅ urugʻlik sifatini nazorat qilish va sertifikatlashtirish tizimini mustahkamlash;
✅ seleksiya yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish va mahalliy navlarni rivojlantirish;
✅ fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini sifatli urugʻlik bilan taʼminlash.

🌱 Sifatli urugʻlik — moʻl hosil, oziq-ovqat xavfsizligi va agrar sohaning barqaror rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir. Urugʻchilik tizimini takomillashtirish orqali qishloq xoʻjaligida samaradorlik oshadi, mahsulot sifati yaxshilanadi va eksport salohiyati yuksaladi.

📖 Qonunlarga rioya qilish, qishloq xoʻjaligida ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash va sifatli urugʻlikdan foydalanish — agrar tarmoq taraqqiyotining muhim garovidir.