Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Faoliyat tahlili va natijadorlik: Termiz shahar Kengashi deputatlari faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova raisligida shahar Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari ishtirokida deputatlarning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyat natijadorligiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda har bir saylov okrugi bo‘yicha deputatlar tomonidan amalga oshirilgan amaliy ishlar, tashabbuslar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha ko‘rib chiqildi:

Okruglardagi faollik: Deputatlarning o‘z okruglaridagi mahallalarga chiqishi, fuqarolar bilan "xonadonbay" va "mahallabay" o‘tkazgan muloqotlari;

24 ta tavsiya va "Mahalla yettiligi": "Mahalla yettiligi" faoliyatini 24 ta eng muhim yo‘nalish mezonlari doirasida o‘rganish va amaliy ko‘maklashish ko‘rsatkichlari;

Deputatlik so‘rovlari samaradorligi: Mas’ul idoralarga yuborilgan so‘rovlarning sifati, ularga olingan javoblar va ijobiy hal etilgan murojaatlar ulushi;

Doimiy komissiyalardagi faollik: Kengash doimiy komissiyalari ishida qatnashish, qaror loyihalarini tayyorlashdagi va sessiyalardagi tashabbuskorlik darajasi.

Yig‘ilish yakunida deputatlik korpusi faoliyatini yanada jonlantirish, ijro intizomi va nazorat-tahlil tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek, saylovchilar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etmagan mas’ul tashkilotlar faoliyatini Kengash sessiyalari muhokamasiga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.