Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur komissiya kun tartibiga kiritilgan Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ibragimov Akbarxon Akromxonovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib, atroflicha muhokama qilindi.

📁 Kun tartibidagi keyingi masala Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan 2026 yilning o‘tgan yarim yilligi mobaynida importni optimallashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish borasidagi faoliyati to‘g‘risida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i Qodirov Umidjon Suxbatjonovichning hisoboti komissiya a’zolari tomonidan tinglanib muhokama qilindi.

📉 Yig‘ilish davomida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyati natijadorligi va Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari samarali foydalanilishi masalalari to‘g‘risida hamda Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitaliga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan “Toshkent invest kompaniya” AJ boshqaruv raisi v.v.b. Otaxonova Nargizaxon G‘aniyevna deputatlarga batafsil hisobot berdi. Mazkur masalalar komissiya a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib muhokama qilindi.

📝 Shuningdek mazkur komissiya yig‘ilishida Toshkent shahrini 2030- yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasini ko‘rib chiqish haqida Toshkent shahar hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari Nigmanov Fathulla Ubaydullayevichning axboroti eshitildi.

✍️ Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10