Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov ishtirokida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-«Navbahor» saylov okrugidan saylangan deputati A. Suvanovning saylov okrugiga qarashli «Xalq yo‘li» mahallasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 12 ta ko‘cha bo‘ylab xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar hamda ehtiyojlar o‘rganildi.

Tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etildi. Jarayonda aholi bandligi, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llar holati, obodonlashtirish ishlari, shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, aniqlangan kamchilik va muammolar manzilli ravishda qayd etilib, har bir masala yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3