Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi S.Ashirmetovning aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularning kasb va ko‘nikmalarini o‘rganish, doimiy hamda mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🔵Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari, mahallaning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, xonadonbay ishlash tizimi orqali ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni daromadli mehnatga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish, har bir ishsiz fuqaro bilan individual ishlash hamda yaratilgan yangi ish o‘rinlarining barqarorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1