Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.

Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyat mudiri hamda tuman Kengashi deputatlari tuman adliya boʻlimiga qarashli "Madad" huquqiy maslahat binosi faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.

​Ushbu oʻrganishdan koʻzlangan asosiy maqsad — hududda aholiga koʻrsatilayotgan bepul huquqiy yordam sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada soddalashtirish hamda adliya boʻlimi va tuman Kengashi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat boʻldi.

​Muloqot davomida "Madad" muassasasi tomonidan tuman aholisiga yaratilgan sharoitlar, huquqiy maslahat olish uchun kelayotgan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda huquqiy targʻibot tadbirlarini koʻpaytirish va chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etish masalalari kelishib olindi.