✨15-Далагузар saylov okrugi deputati K.Mamurova tomonidan tuman dorixonalarida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi 399-sonli Qonuni talablari ijrosining taʼminlanishi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish olib borildi.
✨O‘rganish davomida dorixonalarda yaroqsiz holga kelgan (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi, ularni saqlash va muomaladan chiqarish tartibiga rioya etilishi holati o‘rganildi.
✨Shuningdek, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ham o‘rganildi.
✨Deputatlik nazorati davomida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan mas'ullarga tushuntirishlar olib borildi.