📢 Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida"gi O‘RQ–765 Qonuni 2022-yil 20-aprel nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish hamda mikromoliyalashtirish xizmatlarini rivojlantirish uchun muhim huquqiy asos hisoblanadi.
✅ Qonunning asosiy maqsadlari:
• Aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
• Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
• Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini samarali tartibga solish;
• Mikromoliyalashtirish xizmatlari sifatini oshirish;
• Moliyaviy bozorda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish.
📌 Qonun nimalarni tartibga soladi?
🔹 Nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyati;
🔹 Mikroqarz, mikrokredit hamda boshqa mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish;
🔹 Moliyaviy xizmatlarni taqdim etish tartibi va shartlari;
🔹 Mijozlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
🔹 Nazorat, hisobot va qonunchilik talablariga rioya etish.
🤝 Ushbu qonun aholi, oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish hamda moliyaviy inklyuzivlikni ta’minlashga xizmat qiladi.