Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-877, 09.11.2023)
янв.21
Partiya bilan hamkorlik
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganildi.
янв.21
Mahalla ko‘chalarining tungi yoritilishi va piyodalar yo‘laklari deputat nazoratida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QAMASHI TUMANI KENGASHINING XAFTALIK DAYJESTI 29-30-IYUN, 4-IYULGACHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
Mahalladagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Joylarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Хalq deputatlari Qamashi tumani Kengashining 6-10-iyul kunlari uchun haftalik ish rejasi (ANONS)
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN (O‘RQ-641)
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Saidakbarov bilan uchrashib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ–310-sonli "Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Xususan, qarorda mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari va huquq-tartibot maskanlarida davlat inspektorlarining "Mahalla muhofazasi" xizmat xonalarini tashkil etish, "mahalla yettiligi" vakillarining aniq vazifalarini belgilash hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish tizimini joriy etish belgilanganligi alohida ta’kidlandi.

Shundan kelib chiqib, Marg‘ilon shahridagi "Yuksalish", "Ipak yo‘li", "Qirguli", "Zuhro", "Baxrim", "B. Marg‘iloniy", "Tog‘liq", "Orol bo‘yi", "Tut tagi" va "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inlarida davlat inspektorlarining "Mahalla muhofazasi" xizmat xonalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida mazkur xizmat xonalarini kompyuter jamlanmalari, stol va stullar, shuningdek, xizmat hujjatlarini saqlash uchun shkaflar bilan jihozlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, bunday sharoitlarning yaratilishi davlat inspektorlarining faoliyatini samarali tashkil etish, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash hamda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida deputat va mas’ul xodim kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Slide 1 of 5