Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QAMASHI TUMANI KENGASHINING XAFTALIK DAYJESTI 29-30-IYUN, 4-IYULGACHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
Mahalladagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Joylarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Хalq deputatlari Qamashi tumani Kengashining 6-10-iyul kunlari uchun haftalik ish rejasi (ANONS)
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN (O‘RQ-641)
янв.21
Sessiya kun tartibidagi kirtilishi rejalashtirilayotgan masalalar deputatlar tomonidan joylarda o‘rganilmoqda
янв.21
Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi
янв.21
📌 Doimiy komissiya tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan Qo‘shchinor saylov okrugi tarkibidagi "Gʻalchasoy" mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha shahar IIB boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla kengashi a’zolari hamda profilaktika inspektori ishtirok etib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish hamda mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla ko‘chalariga zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, mavjud kuzatuv tizimlarini kengaytirish va xavfsizlik infratuzilmasini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama yakunida mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi osoyishtaligini mustahkamlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3