Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Doimiy komissiya tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolariga kerakli bo‘lgan Qonunlar
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Maktablarda sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mablag' ajratildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan tuman statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi
Aholi salomatligi va dori ta’minoti — deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Pastki Kerayit mahallasidagi 2-oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholining bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish holatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida tibbiyot muassasasida mavjud dori vositalari zaxirasi, ularni aholiga yetkazish tartibi hamda fuqarolarning ushbu xizmatlardan foydalanish darajasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Shuningdek, mas’ullar bilan mavjud holat va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

✅ Aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishi hamda bepul dori-darmonlar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3