Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QAMASHI TUMANI KENGASHINING XAFTALIK DAYJESTI 29-30-IYUN, 4-IYULGACHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
Mahalladagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Joylarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Хalq deputatlari Qamashi tumani Kengashining 6-10-iyul kunlari uchun haftalik ish rejasi (ANONS)
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN (O‘RQ-641)
янв.21
Sessiya kun tartibidagi kirtilishi rejalashtirilayotgan masalalar deputatlar tomonidan joylarda o‘rganilmoqda
янв.21
Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi
янв.21
📌 Doimiy komissiya tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

Deputat va mahalla faollari muloqoti: murojaatlar yechimiga e’tibor

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Yo‘ldoshev tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov Bektepa mahallasida mahalla faollari hamda aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy tavsiyalar va tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, mahalla “yettiligi” faollari bilan hududdagi dolzarb ijtimoiy masalalar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Uchrashuv yakunida deputat fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Slide 1 of 1