📖 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 17-Samandarak saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan Samandarak mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
📕 O‘rganish davomida kutubxonada kitob fondining holati, yaratilgan sharoitlar, kitobxonlar uchun tashkil etilgan qulayliklar hamda aholi, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
💡 Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlar sonini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.