Maslahat Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi Sessiya ishi oldidan doimiy komissiya raislari ishtirokida "Maslahat Kengashi" yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.
Quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
- «O‘zbekiston-2030» strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi o‘rinbosari A.Shukurov hisoboti;
- viloyatda pochta aloqasi milliy operatorining infratuzilmasini yanada mustahkamlash loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining 2024 yil 15 noyabrdagi «Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyat hokimining 2024 yil 15 noyabrdagi «Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2024 yil xarajatlarini maqbullashtirish va ishlatish to‘g‘risida»gi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.