Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Doimiy komissiya tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolariga kerakli bo‘lgan Qonunlar
янв.21
Maktablarda sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mablag' ajratildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan tuman statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI

Mazkur tadbir “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan tashrif buyurgan mas’ullar, masjid imom-xatibi hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Suhbat davomida bugungi kunda yoshlar ongini yot va zararli g‘oyalardan asrash, diniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda bu borada mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qabulga kelgan fuqarolar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

✅ Yunusobod tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tizimli olib borish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3