Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Doimiy komissiya tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolariga kerakli bo‘lgan Qonunlar
янв.21
Maktablarda sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mablag' ajratildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan tuman statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Oromgoh faoliyati Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati N. Voropayeva tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib amalga oshirildi.

O‘rganish davomida bolalarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik choralari, sport seksiyalari, intellektual to‘garaklar va ijodiy mashg‘ulotlar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda yozgi ta’til davrida nazoratsiz qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish, mashg‘ulotlarning sifati va qamrovini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Yunusobod tumanida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan o‘rganishlar davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3