Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Doimiy komissiya tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolariga kerakli bo‘lgan Qonunlar
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Maktablarda sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mablag' ajratildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan tuman statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi
TABIATNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH VA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Murodova Qo‘rg‘oncha mahallasi yettiligi bilan hamkorlikda mahalla hududida aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash hamda tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan tushuntirish ishlarini olib bordi.

💬Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№754-XII) mazmun-mohiyati yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etildi.

⏺Tadbir davomida mazkur qonunning asosiy maqsadi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitda yashash huquqini kafolatlash hamda tabiatga zarar yetkazilishining oldini olishdan iborat ekanligi alohida ta’kidlandi.

⏺Uchrashuvda fuqarolarga quyidagi masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi:
⏺atrof-muhitni ifloslantirmaslik va ekologik muvozanatni saqlash;
⏺daraxt va butalarni asrash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish;
⏺maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda to‘plash va utilizatsiya qilish;
⏺suv, yer va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
⏺ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunchilik talablariga rioya etish;
⏺tabiatni muhofaza qilish sohasida fuqarolarning huquq va majburiyatlari.

⏺Shuningdek, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi ekologik holat, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

⏺Deputat N.Murodova tomonidan tabiatni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va fuqarolarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri ekanligi qayd etilib, bu yo‘nalishdagi targ‘ibot va o‘rganish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1