Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Partiya bilan hamkorlik
янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-877, 09.11.2023)
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganildi.
янв.21
Mahalla ko‘chalarining tungi yoritilishi va piyodalar yo‘laklari deputat nazoratida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QAMASHI TUMANI KENGASHINING XAFTALIK DAYJESTI 29-30-IYUN, 4-IYULGACHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
Mahalladagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Joylarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Хalq deputatlari Qamashi tumani Kengashining 6-10-iyul kunlari uchun haftalik ish rejasi (ANONS)
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN (O‘RQ-641)
#96_qonun Tadbirkorlik rivoji – hudud taraqqiyotining muhim omili

Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashidagi O’ZLIDEP deputati K.Kasimova tomonidan saylov okrugidagi tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida amalga oshirilgan tashrifi bu boradagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tashrif davomida hududdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakili bilan muloqot qilinib, ularning faoliyati, mavjud muammolari hamda erishilayotgan yutuqlari o‘rganildi. Ayniqsa, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, jumladan, O‘RQ-328-son Qonunining mazmun-mohiyati tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi.

Mazkur qonun asosida tadbirkorlarga bir qator muhim imtiyoz va qulayliklar yaratilganligi. 

Jumladan:

tadbirkorlik subyektlarining huquqlari yanada mustahkamlanganligi;

davlat organlarining asossiz aralashuvlariga chek qo‘yilganligi;

tekshiruvlar tartibi soddalashtirildi va ularning soni qisqartirilganligi;

tadbirkorlar uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirilganli tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda muhim omil ekanligi takidlandi.

Shuningdek, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ham e’tiborga loyiq. Xususan, imtiyozli kreditlar ajratilishi, soliq yengilliklari berilishi, infratuzilma bilan ta’minlash ishlari va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda ekanligi a'lohida e'tirof etildi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, balki aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlar taraqqiyotiga mustahkam zamin yaratadi. Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan bu kabi sa’y-harakatlar esa yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3